O‘zbekiston delegatsiyasi Paralimpiya o‘yinlariga kuzatildi
eʼlon qilindi
65 nafar sportchi Parijga yo‘l oldi
13-avgust kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Parij yozgi Paralimpiya o‘yinlariga kuzatildi. Bu haqda qo‘mita rasmiy sahifasida xabar berildi.
Delegatsiya bayroqdorlari para yengil atletika bo‘yicha ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Xusniddin Norbekov va para yengil atletika bo‘yicha «Tokio – 2020» yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni Mohigul Hamdamovadir.
Para atletchilar bu galgi yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 65 nafar sportchi bilan 113 ta litsenziyani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari 28 avgust – 8 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlari sarhisobi haqida yozgan edik.