O‘zbekistonda yuzdan ortiq IT obyektlari joriy etiladi

eʼlon qilindi
Raqamli xizmatlar hajmi 21 trln so‘mdan oshdi
Rasm: Unsplash

O‘zbekistonda turli sohalarda raqamlashtirish bo‘yicha yuzdan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda malum qilindi.

Sog‘liqni saqlash, ta’lim, qurilish, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi kabi sohalarda tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

2024-yil boshidan buyon O‘zbekistonda raqamli xizmatlar hajmi 21 trln so‘mdan oshdi. Dekabr oyi oxirigacha bu ko‘rsatkich 43 trln so‘mga yetishi kutilmoqda.

IT-xizmatlari eksporti $367 millionni tashkil etdi. Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasida ishlayotganlar soni 32 ming nafarga yetdi, IT-parkda ikki ming rezident faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 110 ta kompaniya IT Park rezidenti maqomini yo‘qotgan.

Shuningdek