Qaysi hududlardan nechtadan deputat saylanishi ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatidan — sakkiz nafar
Foto: Advice.uz

Qaysi hududlardan nechtadan deputat saylanishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatidan — sakkiz nafar deputat saylanadi. Shuningdek, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon viloyatlarida ushbu ko‘rsatkich — yetti nafarni tashkil qilgan. Toshkent shahar, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridan — olti nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlaridan — to‘rt nafardan, Navoiy hamda Jizzax viloyatlaridan esa uch nafardan qilib belgilandi.

Ma’lumot uchun, 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar o‘rnini shakllantirish aralash saylov tizimi asosida amalga oshiriladi. 75 tasi (mojaritar) bir mandatli, 75 tasi yagona (proporsional)  saylov okrugida saylanadi.

Avvalroq «Kursiv» Doniyor G‘aniyev deputatlik faoliyatini yakunlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek