Qozogʻistonda onlayn kredit berish bekor qilinishi mumkin
Qozog‘istonning «Xaq-Nazar» jamoat fondining vakillari mamlakatda onlayn kreditlar berishning bekor qilinishini talab qilmoqda. Bu haqda «Kazinform» axborot agentligi xabar berdi.
Fond xodimlarining ta’kidlashicha, mamlakatdagi onlayn kreditlardan foydalanishning juda osonligi aholining past vakillari qismida qarz yukining oshishiga va moliyaviy beqarorlikka olib kelmoqda.
Qolaversa, onlayn kreditlar qarzga botib qolishdan tashqari firibgarlik, oʻgʻrilik va tovlamachilik kabi jinoyatlarning koʻpayishiga ham olib kelayotgani aytildi.
Petitsiyada mualliflar nafaqat onlayn kreditlar berishni bekor qilish, shuningdek, mikrokreditlar sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishni ham so‘ramoqda.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Qozogʻistonning «Mechta» kompaniyasi Oʻzbekistondagi yagona doʻkonini yopgani haqida xabar bergan edi.