Raqobat qo‘mitasi yana ikki MCHJni jarimaga tortdi
«Orient Group Management»ning «Highway Logistics Center»ga tegishli ustav fondini ko‘paytirish yo‘li bilan 45 foiz ulushini olgani aniqlandi. Mazkur holat haqida Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, qo‘mita «Orient Group Management»ga nisbatan ish qo‘zg‘atgan va jarima jazosini qo‘llash qarorini qabul qildi, chunki monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinmagan.
Shuningdek, «O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi» qo‘shma korxonasining «Highway Logistics Center» MCHJning ustav fondidagi 45 foiz ulushini olgani oshkor bo‘lgan. U ham qo‘mitadan tegishli roziligini olmagan.
Mazkur vaziyatda qoʻmita tomonidan qo‘shma korxonasiga qarshi ish qoʻzgʻatildi. MCHJga jarima qoʻllash bo‘yicha qarorini qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq telekanallarda reklamalar joylashtirishda qonunchilik buzilayotgani haqida yozgan edik.