Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimda faoliyat olib boradi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Tegishli qarorga asosan
Shahnoza Mirziyoyeva Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Bu haqda Qo‘mita rasmiy sahifasida xabar berildi.
Unga ko‘ra, qo‘mita Ijroqo‘m yig‘ilishining tegishli qaroriga asosan Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
Hozirda Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlari sarhisobi haqida yozgan edik.