Toshkentda «Humo» xokkey klubining yangilangan tarkibi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

eʼlon qilindi
Xokkeychilar bilan tanishuv va dastxatlar sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Foto: «Humo» xokkey klubi

13-avgust kuni Tashkent City parkida «Humo» xokkey klubining yangilangan tarkibi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar beradi.

Marosimni Dj King Macarella ochib berdi. Keyin esa jamoaga qo‘shilgan yangi xokkeychilar bilan tanishuv va dastxatlar sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: «Humo» xokkey klubi

Eslatib o‘tamiz, 15–18-avgust kunlari «Humo Arena» muz maydonida Do‘stlik kubogi xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek