Yangiliklar

15-avgust kuni respublikaning aksariyat viloyatlarida havo 40-darajadan baland bo‘ladi

Janubda chang-to‘zonlar ko‘tariladi
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 15-avgust kuni O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 40-darajadan baland bo‘ladi va chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘lishi ehtimoli bor, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 40-darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 25-daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarning Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 27-32 daraja issiq, kechga kelib havo 21 daraja iliq bo‘ladi.