O‘zbekistondan qancha sayyohlar BAAga tashrif buyurgan
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda Statistika agentligi xabar beradi
                    
                            
2024-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistondan Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) 62,6 mingdan ziyod fuqarolar turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar beradi.
BAAga tashrif buyurgan O‘zbekiston fuqarolarining 56 772 nafari dam olish, 5 237 nafari qarindoshlarini ko‘rish, 370 nafari xizmat yuzasidan, 146 nafari o‘qish va 63 nafari davolanish maqsadida borgan.
Ma’lumot uchun, 2023-yilning yanvar–dekabr oylarida umumiy hisobda 131 589 nafar Oʻzbekiston fuqarolari BAAga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonga Germaniyadan turistik maqsadlarda tashrif buyurgan sayyohlar soni ortgani haqida xabar bergan edi.
