Afg‘onistonda kecha va tunda ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Maksimal magnituda besh balldan oshdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring markazi.
14-avgust, chorshanba kuni soat 19:09 da Afg‘onistonda 4,7 magnitudali zilzila qayd etildi. Keyinchalik, payshanbaga o‘tar kechasi 00:36 da yana silkinishlar ro‘y berdi. Yer qimirlashining magnitudasi 5,2 ga baholangan.
Qurbonlar va vayronalar haqida xabar berilmagan.
Avvalroq «Kursiv» 11-avgust kuni O‘zbekistonning Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘lganini e’lon qilgan edi.