«Humo» xokkey klubi «Brest» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi – video

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hisob 7:2
Rasm: Vadim Yerzikov / Kursiv

Xokkey bo‘yicha «Do‘stlik Kubogi»da «Humo» jamoasi «Brest» ustidan 7:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda «Humo» matbuot xizmati xabar beradi.

Birinchi bo‘limning 1-daqiqasida «Humo» sardori Edgars Siksna raqib darvozasiga ilk shaybani aniq joylashtirdi. Javohir Rasulov «Brest» jamoasiga ikkinchi golni kiritdi. Uchinchi golni esa Emil Malishev o‘z hisobiga yozib qo‘ydi va birinchi bo‘lim 3:0 hisobida yakunlandi.

Video: Vadim Yerzikov/ Kursiv

Ikkinchi bo‘limda Belarus jamoasi bitta gol urdi va hisobni 3:1 qildi. Biroq Toshkent klubi o‘tkazib yuborgan golga chiroyli javob berdi. Aleksandr Shevchenko hisobni 4:1 o‘zgartirdi. «Brest» ham osonlikcha taslim bo‘lmadi va gol urdi, hisob 4:2 bo‘ldi. Ammo Ilya Nazarevich hisobni yiriklashtird – 5:2.

Video: Vadim Yerzikov/ Kursiv

Uchinchi bo‘limda Danila Karaban mehmonlarni ranjitdi va oltinchi shaybani darvozaga yo‘lladi. O‘yin tugashiga oxirgi soniyalar qolganida Vadim Kravchenko hisobni 7:2 qildi va «Humo» kubok o‘yinini g‘alaba bilan boshladi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda «Humo» xokkey klubining yangilangan tarkibi taqdimoti bo‘lib o‘tganini xabar qilgan edi.

Shuningdek