Prezident 14-avgust kuni ijtimoiy himoya masalalariga bag‘ishlangan taqdimotni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, endi «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lish ehtimoli yuqorilar ro‘yxati shakllantiriladi. Ushbu ro‘yxatdagi oilalar mahalla faollari va «mahalla yettiligi» bilan birgalikda saylash orqali tanlanadi.
Shuningdek, endi «Inson» markazlari hamma ijtimoiy himoya va xizmatlarni amalga oshiradi.
Ijtimoiy himoya va bandlik masalasidagi 8 ta yo‘nalishda yagona savolnoma orqali oilalar 3 ta toifaga guruhlanadi. Har yili 50 ta mahalla tanlab olinadi va ular bilan yil oxirigacha ishlanadi.
Ma’lumot uchun, ushbu sohada amalga oshiriladigan ishlar uchun yiliga 14 trln so‘m ajratilmoqda. Endi ushbu mablag‘lar aholi yashash hududiga qarab taqsimlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2000-yildan beri qancha kishi kambag‘allikdan chiqqani haqida yozgan edik.