JSST xalqaro favqulodda holat e’lon qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymunchechak epidemiyasini (mpox) xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e’lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus bir kun avval, 14-avgust kuni ma’lum qildi.
«Chechak tarqalishini to‘xtatish va odamlarning hayotini saqlab qolish uchun muvofiqlashtirilgan xalqaro harakatlar zarur», deya JSST rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
Xalqaro ahamiyatga ega favqulodda vaziyat darajasi JSST uchun eng yuqori hisoblanadi. Uning e’lonlari tadqiqotni, moliyalashtirishni va kasallikning oldini olish uchun harakatni tezlashtirishga qaratilgan.
Maymunchechak – bu virusli kasallik bo‘lib, uning tipik belgilari teri toshmasi va shilliq pardalarning shikastlanishi. Tarqalish odamlar o‘rtasida, shuningdek, kasal hayvonlar va hatto ifloslangan narsalar bilan jismoniy aloqa orqali sodir bo‘ladi.
Maymunchechak odatda yengil, ammo kamdan-kam hollarda o‘limga olib kelishi mumkin.
Kasallik Kongo Demokratik Respublikasida boshlangan. Endi u qo‘shni davlatlarga ham tarqaldi, bu esa JSSTni xavotirga solmoqda. Chechakka qarshi kurashish uchun $1,5 mln ajratilgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va IHT mamlakatlari tibbiyotga boshqa davlatlarga qaraganda ikki baravar ko‘p mablag‘ ajratayotgani haqida e’lon qilgan edi.