Nike kompaniyasining aksiyalari keskin ko‘tarildi

eʼlon qilindi
Pershing Square Capital Management LP investitsiya kompaniyasi nike ulushini sotib olganidan so‘ng
Rasm: depositphotos.com

Pershing Square Capital Management LP investitsiya kompaniyasinining direktori Bill Akman Nike’ning yangi ulushini sotib olganini e’lon qilganidan so’ng kompaniya aksiyalari 5,5 foizga ko‘tarildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Bill Akman tartibga soluvchi hujjatlarda Nike kompaniyasini $229 millionga baholangan. Taxminan uch million aksiyasiga egalik qilgani haqida xabar berdi. E’lon investorning sotuvlarni tiklashga urinishlari fonida e’lon qilindi.

Lekin joriy yilning 28-iyun kuni Nike aksiyalari 20 foizga arzonlashgan edi, bu kompaniya tarixdagi eng yirik ko‘rsatkich bo‘ldi. 2024-yil boshidan 14-avgust kuni AQShda savdolar yopilgunga qadar Nike aksiyalari deyarli 28 foizga pasaydi.

Avvalroq Pershing Square Nike bilan hamkorlik qilgan va 2018-yilda passiv ulushini sotgandan keyin bir necha oy ichida $100 mln foyda ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, Nike aksiyalari narxining pasayganidan so‘ng xodimlarni qisqartirishni boshlagan edi.

Shuningdek