Yangiliklar

NKMK Muruntov koniga $23 milliondan ortiq sarmoya kiritadi

Infratuzilma va konveyer liniyalarini modernizatsiya qilish uchun
Rasm: sensorika.uz

Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) Muruntov oltin konini modernizatsiya qilish uchun $23 milliondan ortiq sarmoya kiritmoqda. Xabar kompaniyaning LinkedIn’dagi sahifasida chop etildi.

Shundan $8,2 mln infratuzilma va konveyer tizimlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bu konning o‘tkazish kuchini yiliga 15 mln kub metrga oshiradi.

Qolgan $15,3 mln uzunligi 1 ming metr boʻlgan ikkinchi konveyer liniyasini qurishga yoʻnaltiriladi.

2023-yilda Kanadaning Kitco tahliliy markazi Muruntovni dunyodagi eng yirik o‘nta konlar ro‘yxatiga kiritdi. O‘shanda shaxta ikkinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda NKMK sof foydasi yillik o‘sish 46,6 foizni tashkil etib, $1,47 milliarddan oshdi. Yil davomida kompaniyaning daromadi 12 foizga oshib, $5,7 milliardni tashkil etdi, ammo kompaniyaning aktivlari 5,3 foizga qisqarib, $8,6 mlrd bo‘ldi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Fitch NKMKga «Barqaror» prognozi bilan «BB-» uzoq muddatli kredit reytingini bergani haqida xabar bergan edi.