Yangiliklar

Oʻzbekiston Janubiy Koreya kompaniyasidan oltita elektropoyezd xarid qiladi

elektropoyezdlarni xarid qilish loyihasining umumiy qiymati 220,03 million yevroga baholanmoqda
Foto: scanrail / depositphotos.com

Oʻzbekiston Janubiy Koreyaning «Hyundai Rotem» kompaniyasidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi olti dona elektropoyezd xarid qiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, elektropoyezdlarni xarid qilish loyihasining umumiy qiymati 220,03 million yevroga baholanmoqda. Kelishuv doirasida Oʻzbekiston 21,3 million yevro, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» kompaniyasi 13,5 million yevro, Koreya Eksimbanki esa 185,18 million yevro ekvivalentida 40 yilga, shu jumladan, 10 yillik imtiyozli davrga qarz beradi.

Loyihani amalga oshirish muddati 2024-yildan 2030-yilgacha davom etishi rejalashtirilgan. Yangi poyezdlar yiliga 1,31 million yoʻlovchini tashishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hindistondan Oʻzbekistonga birinchi konteyner poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.