Yangiliklar

Oʻzbekistonda joriy yilning ortda qolgan davrida eng koʻp qaysi kompaniyalar soliq toʻlagan

Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi
Foto: golib.tolibov.gmail.com /www.depositphotos.com

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar–iyul oylarida 947 ta yirik soliq toʻlovchilar 62 trln soʻmdan ortiq soliq toʻlagan. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shundan 31 trln soʻmi davlat ulushi mavjud top-10 ta yirik soliq toʻlovchi hisobiga toʻgʻi keladi. Ushbu oʻnlikda soliq toʻlovlari boʻyicha «Navoiy kon metallurgiya kombinati» — 13,9 trln soʻm yetakchilik qilmoqda.

Foto: Soliq qo‘mitasi

Shuningdek, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» (4,7 trln), «Oʻzbekneftgaz» (2,5 trln), «Hududgazta’minot» (2,2 trln) va «Oʻzbekneftgaz» (2,1 trln) kuchli beshlikdan joy oldi.

To‘langan soliqlardan 4,9 trln soʻmdan ziyodrogʻi xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq toʻlovchilar hisobiga toʻgʻri kelgan. Mazkur reytingda «UZ BAT» AJ QK – 1,6 trln soʻm soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori koʻrsatkich qayd etgan. Keyingi oʻrinlardan «Enter Engineering Ltd» ( 761 mlrd), «Tashkent tobacco» (508 mlrd) joy olgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda kichik biznes korxonalari qancha soliq toʻlagani haqida xabar bergan edi.