O‘zbekistonda sud hukmlarining dublikatlarini berish uchun to‘lov joriy etildi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Dublikatlarini berish uchun BHMning 2% to‘lovi joriy etildi
2024-yil 14-avgustdan boshlab O‘zbekistonda jinoyat ishlariga oid sud hukmlarining dublikatlari va nusxalarini berish uchun to‘lov joriy etildi. Ushbu qonunchilik loyihasi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
Yangi qoidalar bo‘yicha, har bir sahifa uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 foizini, ya’ni 6,8 ming so‘mni tashkil qiladi. Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, hukm nusxasi mahkum va boshqa tomonlarga uch kun ichida, hajmi katta bo‘lgan hujjatlar uchun esa o‘n kun ichida taqdim etilishi kerak.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston sudlarida jabrlanganlar va ularning oilalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan 823 million so‘mdan ortiq da’vo arizalari ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edi.