Propan narxlari yana ko‘tarildi
Joriy yilning 14-avgust kuni birja savdolari natijalariga ko‘ra suyultirilgan gaz narxi bir tonna uchun 8,2 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi ma’lum qildi.
2023-yilning 13-avgustida suyultirilgan gaz narxi 5,8 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilning 14-avgustiga kelib mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 40 foizga o‘sgan.
Suyultirilgan gaz narxi avgust oyining boshida biroz barqaror ko‘ringan edi. Lekin 12-avgustdan boshlab kotirovkalar keskin ko‘tarilishni boshladi va 14-avgust kuniga kelib 0,8 foizga oshdi.
Propan narxi oshgani fonida avtomatik ravishda Ai-80 benzin narxlari ham tonnasiga 9,2 million so‘mni tashkil qilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» gaz yetkazib berishda xususiy sektorga yo‘l ochilishi haqida xabar bergan edi.