Senatning 55-yalpi majlisida «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun Senat tomonidan ma’qullandi.
Qonun bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish va jabrlanuvchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida yangi normativlar belgilaydi.
Oxirgi 3 yillikda 2 mingdan ortiq fuqaro sudlar tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, shundan 86 foizi ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortganligi uchun javobgarlikka tortilgan.
Qonunda zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari, shuningdek, moddiy va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya talab qilish huquqi kiritilgan. Ota-onalarning mas’uliyati oshiriladi va bolalarni jismoniy jazolash taqiqlanadi.
Ushbu qonun bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlik holatlarini bartaraf etish hamda zo‘ravonlik qilganlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Avvalroq «Kursiv» tadbirkorlik sohasiga oid kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun ma’qullangani haqida xabar bergan edi.