Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbatda Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari joriy yilning 26–28-may kunlari Rossiya prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildilar.
Rossiya prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat Oʻzbekiston tomonining tashabbusi bilan boʻlib oʻtgan.
Kremlning xabar berishicha, muloqot chogʻida ikki davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qilgan.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Oʻzbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda yana ikkita sanoat parki tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.