Shimoliy Koreya turistlar uchun qayta ochilishi mumkin
Shimoliy Koreya cheklangan xalqaro turizmni 2024-yil oxirigacha yana qayta ochishi mumkin. Bu haqda CNN nashri izolyatsiya qilingan mamlakat bilan bogʻlangan ikkita sayyohlik kompaniyasiga tayanib xabar berdi.
Pekinda joylashgan Koryo Tours va Shenyangdagi KTG Tours chorshanba kuni alohida onlayn e’lonlar qilib, turistik guruhlarga Shimoliy Koreyaning marhum yetakchisi Kim Chen Irning tug‘ilgan joyi bo‘lgan Samjiyon tog‘li shahriga tashrif buyurishga ruxsat berilishini aytgan.
Ta’kidlash joizki, Samjiyon Xitoy chegarasini kesib o‘tadi va Koreya yarim orolidagi eng baland cho‘qqi — Paektu tog‘iga yaqin joylashgan bo‘lib, u Shimoliy va Janubiy koreyaliklar uchun muhim va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan hudud hisoblanadi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In iyul oyi boshida Samjiyondagi qurilish maydonchalarini shaxsan ko‘zdan kechirdi, deya xabar beradi davlat matbuoti.
Shimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalari hozircha mamlakatning chet ellik mehmonlar uchun cheklangan imkoniyatlarda qayta ochilishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar haqida xabar bermagan. Ammo Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In avvalroq Rossiya va Xitoyni o‘z ichiga olgan «do‘stona» davlatlardan tashrif buyuruvchilarga ruxsat berilishini aytgan edi.
O‘tgan yili Shimoliy Koreyada xalqaro reyslar tiklandi va rossiyalik sayyohlarning kichik guruhi fevral oyida Shimoliy Koreyaga uchib ketdi. Iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin yetakchiligidagi oliy darajadagi xorijiy rasmiylar mamlakatga tashrif buyurishdi.
Avvalroq Shimoliy Koreya yangi raketani sinovdan oʻtkazgani haqida yozgan edik.