Senatning 55-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqilib ma’qullandi.
Yangi Kodeks 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini birlashtiradi va tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Kodeksda tadbirkorlik faoliyatining asosiy prinsiplari: qonuniylik, tadbirkorlik erkinligi, tenglik, halol raqobat, va korrupsiyadan xolilik mustahkamlangan. Fuqarolarga tadbirkorlikda erkin ishtirok etish, xususiy mulkni himoya qilish, va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini ta’minlash kafolatlari beriladi.
Tadbirkorlik subyektlari kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratiladi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yangi faoliyat turlari belgilangan. Kodeksda ijtimoiy tadbirkorlik va ijtimoiy korxonalar, biznes-inkubatorlarning huquqiy maqomi va vazifalari belgilangan.
Avvalroq «Kursiv» endilikda hokimlar mahalliy kengashlarga raislik qilmasligi haqida xabar bergan edi.