Yangiliklar

Xitoydan Namanganga 36 ta yoʻlovchi tashish avtobuslari olib kelinmoqda

Avtobuslar hozirda qo‘shni Qozog‘istonga kirib kelgani aytilmoqda
Foto: Namangan viloyati hokimligi

Xitoydan Namangan shahriga 36 dona yoʻlovchi tashish avtobuslari olib kelinmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namanganda yoʻlovchi tashish transporti sohasini rivojlantirish, yoʻlovchilarga qulaylik hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida olib kelinmoqda. Avtobuslar hozirda qoʻshni Qozogʻistonga kirib kelgani aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning dastlabki olti oyida Oʻzbekistonda 375 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda 1700 ta avtobus «aqlli» boʻlishi haqida xabar bergan edi.