Yangiliklar

Yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida tadbirkorlar qaysi hududlarda ko‘proq

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: depositphots.com

2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, respublikada yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 27 673 ta tadbirkorlik subyekti ro‘yxatga olingan. Bu haqda davlat Statistika agentligi xabar beradi.

Bu sohalarda eng ko‘p kompaniyalar Toshkent shahrida joylashgan ( 5701). Keyingi o‘rinda Samarqand viloyati (3292) va uchinchi o‘rinda Toshkent viloyati turibdi (2849). Sirdaryo viloyati bu ro‘yxatda oxirgi o‘rinda, ushbu hududda 642 tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib boradi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston $910 millionlik oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgani haqida xabar bergan edi.