Yangiliklar

O‘zbekiston yengil atletikachilari jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

JCH U20 o‘rtasida bo‘lib o‘tadi
Foto: T.me/Minsportuz

Joriy yilning 27-avgustidan 31-avgustiga qadar Peru poytaxti Lima shahrida yengil atletika boʻyicha U20 o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu turnirda «Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Sharifa Davronova va yana 5 nafar atletlar ishtirok etadi.

Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash), Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash), Dilshoda Usmonova (3 000 metr, stipl-chez), Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash), Jonbibi Hukmova (400 metrga yugurish) hamda Nodir Norboyev (koʻpkurash) shular jumlasidandir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlari sarhisobi haqida yozgan edik.