2023-yilda Uzbekistan Airwaysʼning sof foydasi 410,5 milliard soʻmdan oshdi

eʼlon qilindi
Bu 2022-yilga nisbatan 39,5 foizga ko‘p
Foto: 12 141 qwer230586@yandex.ru / Depositphotos.com

Uzbekistan Airwaysʼning sof foydasi 2023-yil yakuni boʻyicha 410,5 milliard soʻmdan oshdi. Bu haqda korporativ axborot portalida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, bu 2022-yilga nisbatan 39,5 foizga koʻp. Yil davomida aviakompaniyaning daromadi 12,2 trillion soʻmdan 14,6 trillion soʻmgacha oʻsdi.

Moliyaviy hisobotga koʻra, oʻtgan yil yakunlarida, korxonalarning qisqa muddatli investitsiyalari hajmi 1,5 trillion soʻmdan, uzoq muddatli investitsiyalar hajmi esa 890,9 milliard soʻmdan oshgan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» 2024-yilning aprel–iyun oylarida Uzbekistan Airways 269 milliard soʻm daromad olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek