Ekologik loyihalarning situatsion xaritalarini tasdiqlatuvchi dastur joriy qilindi

eʼlon qilindi
Loyiha hujjatlari onlayn ariza shaklida mas’ullarga yuboriladi
Foto: T.me/ecogovuz

Davlat ekologik ekspertizasi markaziga elektron kiritilgan loyiha hujjatlarini mas’ul inspektorlarning profiliga yuborib, imzolatish orqali tasdiqlovchi eco-servise.uz dasturi ishga tushirildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, inspektorlar situatsion xaritadagi obyekt hududiga borib, uning geografik koordinatalari, aholi yashash joylari, suv va gaz quvurlari kabi ma’lumotlarini situatsion xaritaga mosligini taqqoslaydilar. Barcha ma’lumotlar ariza bilan mos kelsa, keyin tasdiqlanadi va tizim uni Davlat ekologik ekspertizasi markaziga yuboradi. Agar tekshiruv chog‘ida xatoliklar kuzatilsa, inspektorlar situatsion xaritani rad etadilar.

Situatsion xaritalar toifasiga qarab uch ish kunidan 10 ish kunigacha ko‘rib chiqiladi.

Ilgari bu jarayon juda ko‘p vaqt, hujjatlar talab etardi. Endi ushbu soddalashtirilgan mexanizm yordamida shunday ovoragarchiliklarning oldi olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Hududiy elektr tarmoqlari» ning mobil ilovasi ishga tushgan edi.

Shuningdek