Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisligida qoldi
eʼlon qilindi
Yana 5 yil muddatga
Sport vazirligida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasida Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana besh yil muddatga O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi sifatida saylandi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, O‘zR Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev delegatlarning ovoz berishi natijasida yangi besh yillik muddatga mamlakat kurash federatsiyasi raisligida qoldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigʻmatilla Yoʻldoshev yana bosh prokuror lavozimiga tayinlangan edi.