Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
eʼlon qilindi
Oybek A’zamjonovich lavozimidan ozod etildi

Joriy yilning 16-avgust kuni Senatning 55-yalpi majlisida prezident taqdimnomasiga binoan Oybek A’zamjonovich Barakabayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, Oybek Barakabayev 2021-yilda Oliy sud sudyasi lavozimiga tayinlangan edi.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» sud hukmlarining dublikatlarini berish uchun to‘lov joriy etilgani haqida xabar bergan edi.