Yangiliklar

O‘zbekiston elchisi Qozog‘istonning «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Saidikrom Niyozxo‘jayev Qozog‘istonning yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Foto: «Dunyo» axborot agentligi

Qozog‘iston prezidenti farmoniga muvofiq, O‘zbekiston elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev mamlakatning yuksak davlat mukofoti — II darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri xabar beradi.

O‘zbekiston elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev kecha 15-avgust kuni Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtileu tomonidan qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Saidikrom Niyozxo‘jayev 2018-yil mart oyida O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi etib tayinlangan edi. U 2015–2018-yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning «Oltin Qiron» ordeni bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edi.