O‘zbekistonda jamoat transporti kimlarga bepul bo‘ladi
eʼlon qilindi
Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilmoqda
Senatning 55-yalpi majlisida aholining alohida ko‘makka muhtoj qatlamiga yo‘lovchi transportlaridan bepul foydalanish huquqini beruvchi qonun qabul qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Senati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, endi parvarishga ehtiyoji bo‘lgan yolg‘iz keksalar, qarovsiz yashaydigan nuroniylar va nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat transportlaridan tekinga foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni ma’qullangan edi.