O‘zbekistonda qonuniy taksi bozori 3 trln so‘mga yetdi
2024-yil boshidan 15-avgustgacha O‘zbekistonda taksi agregatorlari tomonidan 166 milliondan ortiq qatnov amalga oshirildi. Ularga 3 trln so‘mlik cheklar berildi, deb xabar qildi Soliq qo‘mitasi.
Joriy yilning avgust oyi o‘rtalarida 140 dan ortiq taksi kompaniyasi soliq organlarining axborot platformalari bilan integratsiyalashgan.
Shuningdek, qo‘mita tomonidan noqonuniy taksi xizmati koʻrsatishni toʻxtatgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan 576,1 ming nafar respublika fuqarosi haqida ham ma’lumot berildi.
Ularning 361 mingdan ortig‘i agregator bilan ishlaydi, bu joriy yilning mart oyiga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.
Qo‘mita ma’lumotlariga koʻra, taksilarning 98,7 foizini ichki yonuv dvigatelli transport vositalari, 1,3 foizini esa elektromobillar tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning iyul oyi oxirida Yandex Go Urganch va Xivada ish boshlagani haqida yozgan edi.