O‘zbekistonda pomidor eksporti besh foizga kamaydi

eʼlon qilindi
Eng ko‘p Rossiyaga eksport qilingan

2024-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston $30,5 mln qiymatdagi 34 ming tonna pomidor eksport qilgan. Respublika Statistika agentligi bu haqda xabar berdi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yili pomidor sotuvidan tushgan daromad $32,1 mln (-4,9 foiz) tashkil qilgan. 2023-yilning shu davrida pomidor eksporti 23,8 foizga kamaydi.

O‘zbekistonda yetishtirilgan pomidorni xarid qilish bo‘yicha Rossiya (26,7 ming tonna), Qozog‘iston (4,7 ming tonna) va Qirg‘iziston (2,5 ming tonna) yetakchilik qilgan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» 2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda sabzavot yetishtirish 3,1 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek