Qirgʻizistonga oʻqishga kiritib qoʻyishni va’da qilgan firibgar ushlandi

eʼlon qilindi
$5 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qirgʻiz Respublikasi Yuridik institutga davlat granti asosida oʻqishga kiritib qoʻyishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Olmaliq shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida «Korzinka» savdo majmuasi avtoturargohida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi Oʻsh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga $5 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni va’da qilgan firibgar ushlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek