Konvensiya to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchi ishchilarning huquqlarini himoya qilishni ko‘zda tutadi va ularning mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Bu haqda Senatning 55-yalpi majlisida ma’lum qilindi.
Ushbu hujjat jahonda 20 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Senat tomonidan konvensiya normalari O‘zbekiston qonunchiligiga hamda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining maqsad va vazifalariga to‘liq mos kelishini ta’kidladi.
Muhokama davomida senatorlar to‘liqsiz ish vaqtida ishlaydiganlar hamda to‘liq ish vaqtida ishlaydiganlar tenglik asosida haq-huquq hamda ijtimoiy himoyaga ega bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
Senatorlarning ma’lum qilishicha, Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi mehnat sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirishga va xalqaro standartlarni samarali joriy etishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhokama yakuni bo‘yicha 175-sonli «Xalqaro mehnat tashkilotining To‘liqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash to‘g‘risidagi Konvensiyasini (Jeneva, 1994-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Senat tomonidan Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni ma’qullagani haqida xabar bergan edi.