Senat huquq-tartibot xodimlari tasvirlarini «obro‘sizlantirish maqsadida» tarqatishni taqiqlovchi qonunni rad etdi

eʼlon qilindi
Qonun qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarildi
Фото: Piqsels

Oliy Majlis Senati huquq-tartibot xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni «obro‘sizlantirish maqsadida» tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi qonunni ma’qullamadi va qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi.

Qonun haydovchilarning qoidabuzarliklariga oid jazo choralarini kuchaytirishni ham o‘z ichiga olgan, lekin jamoatchilik ushbu qonunning xodimlarning tasvirlarini tarqatishni taqiqlovchi qismiga e’tiroz bildirdi.

Ushbu normaning mamlakatning ochiqlik siyosatiga zid ekani ta’kidlandi.

Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev qonunning ikkinchi qismida taklif etilgan norma mamlakatdagi ochiqlik siyosatiga, «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» tamoyiliga zid ekanini ta’kidlagan edi.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov qonun jarima ballari tizimi va huquq-tartibot xodimlarini obro‘sizlantiruvchi videolarni tarqatishni taqiqlash qismi bo‘yicha qayta ishlanishi kerakligini ta’kidladi. Shu maqsadda parlamentning ikki palatasi tomonidan kelishuv komissiyasi tuzilishi rejalashtirilmoqda.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Senat to‘liqsiz ish vaqti ishlash to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek