Aziz Voitov ustidan sud jarayoni 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Shuningdek, yana 49 nafar sudlanuvchiga
Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Sobiq Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 49 nafar sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud majlisi 2024-yil 5-sentabr kuni soat 15:00 da Yunusobod tumani sudida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda OʻzR Oliy sudi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbarining rasmiy Telegram kanalida xabar berildi.

15-avgust kuni Mirobod tumani sudi Aziz Voitov va Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi sobiq direktori Husniddin Karimovni va boshqa ayblanuvchilarning jinoyat ishlarini birlashtirdi.

Avvalroq «Kursiv» sobiq Qishloq xo‘jaligi vaziriga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqish boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek