Toshkentdan bir qancha viloyatlarga yangi avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

eʼlon qilindi
Qatnovlar uchta viloyatga yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Transport vazirligi

Toshkentdan bir qancha viloyatlarga yangi avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qatnovlar Uzautotrans Service korxonasi tomonidan uchta viloyatga — Qashqadaryo, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlariga muntazam amalga oshiriladi:

  • 7-avgust kunidan Toshkent – Shahrisabz – Kitob, Toshkent – Yangiyer yoʻnalishida;
  • 22-avgustdan Toshkent – Qarshi – Koson, Toshkent – Gʻuzor – Qamashi yoʻnalishida;
  • 23-avgust kunidan Toshkent – Boysun.

Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan «Toshkent» avtovokzali hamda Uzautotrans Service korxonasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tanishing.

Shuningdek, yoʻlovchilar borish va qaytish chiptalari elektron tarzda avtoticket.uz sayti hamda ATTO, UzBUS mobil ilovalari orqali sotib olish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent va Chorvoq o‘rtasida avtobuslar qatnovi ko‘payishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek