17-avgust kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Janubiy hududlarda shamol tufayli chang-to‘zonlar paydo bo‘ladi
Rasm: Piqsels

Bugun, 17-avgust kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayadi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Janubiy hududlarda shamol tufayli chang-to‘zonlar paydo bo‘ladi. Mamlakatda o‘rtacha havo harorati 32-37 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo bulutli va o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Poytaxtda quruq havo kuzatiladi. Kunduzi havo harorati 34-darajagacha ko‘tariladi, kechasi 22-daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarning Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 25-darajagacha isishi mumkin, kechga kelib havo 19 daraja iliq bo‘ladi. 

Shuningdek