Yangiliklar

Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida boʻlib turgan oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga imkon qadar vaqtincha masofaviy (onlayn) ta’limga o‘tish maslahat berildi
Foto: Telegram / Nostoyashiy Gladkov

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida boʻlib turgan oʻzbekistonliklarni ehtiyot choralariga rioya qilishga chaqirdi.

Fuqarolarga oʻta zarurat boʻlmasa, koʻchaga chiqmaslik, ommaviy yigʻilishlardan qochish va jamoat joylariga borishni cheklash tavsiya etiladi.

Shuningdek, ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga imkon qadar vaqtincha masofaviy (onlayn) ta’limga oʻtish maslahat berildi.

Oʻzbekiston fuqarolari konsullik yordami yoki maslahatlariga muhtoj boʻlgan taqdirda, Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasining konsullik boʻlimiga (+7 499 238-36-20, +7-499 230-00-76 telefon raqamlari yoki uzkorus@mail.ru. elektron pochta orqali) murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 6-avgust kuni Ukraina qoʻshinlari Kursk viloyatidagi chegara hududiga mustahkam oʻrnashib oldi, bu esa harbiy harakatlar boshlanishiga olib keldi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Ukraina armiyasi Rossiyaning Kursk viloyatiga hujumi tufayli gaz narxi qimmatlashgani haqida xabar bergan edi.