Yangiliklar

Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha dunyo reytingida yuqoriladi

Simsiz internet tezligi bo‘yicha o‘tgan oyga nisbatdan uch pog‘ona yuqorilab 74-o‘rindan joy oldi. Simli internet tezligi bo‘yicha esa 82-o‘rinni egalladi
Foto: nmmobile789 / depositphotos.com

2024-yil iyul oyida Oʻzbekiston dunyodagi mobil internet tezligi reytingida 74-oʻrinni egalladi. Bu haqda Speedtest Global Index hisobotida ma’lum qilindi.

Joriy yilning iyul oyi davomida, butun dunyodagi mobil internet tezligi oʻrtacha 56,09 Mbit/sekundni, statsionar internet tezligi esa 93,94 Mbit/sekundni tashkil etdi.

Oʻzbekiston simsiz internet tezligi boʻyicha oʻtgan oyga nisbatdan uch pogʻona yuqorilab 74-oʻrindan joy oldi. Simli internet tezligi boʻyicha esa 82-oʻrinni egalladi.

Dunyoda simsiz internet tezligi boʻyicha 359,85 Mbit/ sekund bilan BAA birinchi oʻrindan joy oldi. Keyingi oʻrinlarda Qatar (343.84 Mbit/s) hamda Kuvayt (232.12 Mbit/s) egalladi.

Shuningdek, simli internet tezligi boʻyicha ham BAA yetakchi (291.85 Mbit/s) boʻlgan boʻlsa, Singapur ikki pogʻona oʻsish bilan (290.86 Mbit/s) ikkinchi oʻrinni egallagan. Uchinchi oʻrinda Gonkong (277.26 Mbit/s) joy oldi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozogʻiston 56-oʻrindan, Qirgʻiz Respublikasi 66-oʻrindan joy oldi. Mintaqadagi qolgan mamlakatlar reytingga kiritilmagan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» mamlakat mobil internet hamyonbopligi boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchiligi haqida xabar bergan edi.