Yangiliklar

Oʻzbekistonda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fan rivojlantiriladi

Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fan rivojlantiriladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2024–2025-yillarda Oʻzbekistonda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi hamda milliy kriptologiya sohasini rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha 2024–2028-yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi tasdiqlandi.

Mamlakatning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Oʻzbekistonda uchta kripto-doʻkonning faoliyati olti oyga toʻxtatilgani haqida xabar bergan edi.