Pokiston oʻzbekistonliklar uchun viza rejimini soddalashtirdi

eʼlon qilindi
Dunyoning 126 ta davlatiga vizalar soddalashtirildi
Foto: mathes / depositphotos.com

Pokiston hukumati 126 ta ortiq davlat, jumladan, Oʻzbekiston sayyohlari uchun viza tartibini soddalashtirdi. Bu haqda Visasnews agentligi xabar berdi.

14-avgustdan boshlab dunyoning 126 ta davlatidan kelgan xorij fuqarolari Pokistonga, jumladan, Oʻzbekistonga ham bepul viza olishlari mumkin boʻladi.

Elektron vizaga ariza topshirish uchun yuqorida nomlari sanalgan davlatlar fuqarolari 24 soat ichida pasport fotosurati va nusxasini Pokiston IIV veb-saytiga taqdim etadi. Viza 90 kun davomida amal qiladi.

Bu roʻyxatga Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya va Belarus kabi davlatlar ham kiritilgan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Tailand hukumati 15-iyuldan boshlab Oʻzbekiston fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz rejimni rasman joriy qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek