Test natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar qachondan apellyatsiya berishi mumkin

eʼlon qilindi
18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin
EsinDeniz / depositphotos.com

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar 18-avgustdan apellatsiya berishlari mumkin. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan boʻlishi lozim.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» bakalavriat boʻyicha test sinovlarining mandati e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek