Yangiliklar

Toshkentda avtobuslar tezligi soatiga 50 km gacha cheklanmoqda

Xavfsizligini ta’minlash va yo‘llarda baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda
Foto: «Toshshahartransxizmat»

Toshkentda avtobuslar tezligi 50 km/soatgacha cheklanadi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufidagi avtobuslar maxsus dastur orqali jihozlanadi. Uning yordami bilan transport vositalarining maksimal tezligi 50 km/soat bilan cheklanadi.

Cheklov yoʻlovchilar xavfsizligini ta’minlash va yoʻllarda baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Toshkentda bekatlarda uzoq vaqt turgan avtobus haydovchilariga nisbatan chora ko‘rilishi haqida xabar bergan edi.