Yangiliklar

Uzbekistan Airwaysʼning Malayziyaga parvoz qilgan samolyotida oʻgʻrilar ushlandi

Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi
Foto: 12 141 qwer230586@yandex.ru / Depositphotos.com

Uzbekistan Airways’ning 15-avgust kuni Toshkent – ​​Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilgan samolyotda yoʻlovchilarning mulkini oʻgʻirlashga urinish holati aniqlandi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, samolyot Kuala-Lumpurga yetib kelgach havo kemasi ekipaji tomonidan politsiya xizmati chaqirtirilgan. Mahalliy politsiya vakillari ekipaj bilan birgalikda samolyot bortida tekshiruv oʻtkazdi va barcha qimmatbaho buyumlar topilgan.

Gumon qilingan chet el fuqarolari shu joyning oʻzida ushlangan va vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida politsiya xizmatiga olib ketilgan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» 2023-yilda Uzbekistan Airwaysʼning sof foydasi 410,5 milliard soʻmdan oshgani haqida xabar bergan edi.