Bolani maktabga tayyorlash uchun qancha pul ketadi

eʼlon qilindi
«Kursiv» muxbiri Bek-Baraka kanstovar bozori va onlayn do‘konlardagi maktab uchun kiyim-kechak va o‘quv qurollari narxlarini solishtirdi.
Rasm: Kursiv

Avgust oxiriga yetgani sari ota-onalar bozorlar va doʻkonlarni kezib, farzandlari uchun maktab buyumlarini izlashmoqda. «Kursiv» muxbiri Bek-Baraka kanstovar bozori va onlayn do‘konlardagi maktab uchun kiyim-kechak va o‘quv qurollari narxlarini solishtirdi.

Maktab o‘quv qurollari

Bek-Baraka bozorida ruchkalarning narxi sifatiga qarab donasi bir ming so‘mdan boshlanmoqda. Onlayn do‘konda esa uch mingdan belgilandi.

Rangli qalamlarning soni va sifatiga qarab narxi 12 mingdan boshlanib 30 minggacha bormoqda. Marketpleysda esa yetti ming so‘mdan start olmoqda.

12 varaqli daftar narxi savdo rastalarida 600 so‘mdan boshlanmoqda, 48-varaqli umumiy daftarlar esa ikki mingdan sotilmoqda. Onlayn do‘konda 12-varaqli daftarning narxi uch mingdan boshlanib 10 ming so‘mgacha, 48-varaqli daftarning narxi to‘rt mingdan to 50 ming so‘mgacha.

Rasm: Kursiv

Qalam o‘tkirlovchi bozordagi narxi 5 ming so‘mdan boshlanib 30 minggacha boradi. Marketpleysda narxlar ikki mingdan to 82 ming so‘mgacha topsa bo‘ladi.

Boshqa o‘quv qurollari jadvalda ko‘rsatilgan.

Jadval: Kursiv

Maktabga kiyim-kechak va sumka

Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2024/2025-o‘quv yilida O‘zbekiston maktablarida majburiy forma joriy etilmaydi. Shu sababli yana joriy yilda ota-onalar bolalariga maktab formasi uchun yangi ust-bosh olishlari kerak bo‘ladi.

Bek-Barakada qiz bola uchun yengi uzun koftaning narxi 150 ming so‘mdan boshlansa, yengi kaltaning narxi 130 mingdan. Onlayn do‘konda koftaning narxi 120 mingdan boshlanadi.

Yubkalar narxi 100–150 ming atrofida. Marketpleysda esa yubkalar 120 mingga taklif qilinadi.

Bozorda tepa past kiyim to‘plami «dvoyka»lar 280–300 ming so‘m atrofida.

Rasm: Kursiv

Kolgotkalar narxi 35–50 ming so‘m, golflar esa 20–50 minggacha. Onlayn do‘konda kolgotkalar 22 mingdan boshlanib 115 minggacha xarid qilsa bo‘ladi. Golflar esa 17–58 minggacha.

Tuflilarning narxi savdo nuqtalarida 100–250 ming so‘mdan sotilmoqda. Marketpleysda esa 99 mingdan to 279 ming so‘mgacha topsa bo‘ladi.

Bek-Barakada og‘il bollarga oq ko‘ylaklar 110–180 ming so‘m atrofida, «finka»larning narxi 150 so‘mdan boshlanmoqda. Onlayn sotib olmoqchi bo‘lsa, sifatiga qarab 65 ming so‘mdan boshlanib 199 ming so‘mgacha.

Shimlarning narxi 130–160 ming. Marketpleysda 129 mingdan to 230 ming so‘mgacha.

Bozor rastalarida og‘il bolalar oyoq kiyimi 140–200 ming atrofida. Agar siz onlayn xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, uning narxi 79 000 dan 349 000 gacha bo‘ladi.

Rasm: Kursiv

Qiz va o‘g‘il bolalar maktab sumkalari savdo majmuasida 110–350 ming so‘mgacha. Marketpleysda maktab sumkalar narxi 109 mingdan boshlanib 750 minggacha borishi mumkin.

Umuman olganda, qiz bolani maktabga tayyorlash uchun 1 million 87 ming so‘m ketadi. O‘g‘il bola uchun bu taxminan 1 million 232 mingga tushishi mumkin.

Shuningdek