19-avgust kuni respublikada quruq havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Ba’zi joylarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin
Rasm: Unsplash

Bugun, 19-avgust kuni O‘zbekistonda quruq va issiq havo kuzatiladi. Janubiy hududlarda shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. O‘rtacha havo harorati 30–35 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar bermoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 33-darajagacha isishi mumkin, kechga kelib 18-darajagacha iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo 25-darajagacha isishi mumkin.

Shuningdek