Birlashgan Millatlar Tashkilotining uy-joy huquqi boʻyicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal Oʻzbekistonga keladi, deyiladi BMT saytida.
Rajagopalning tashrifi 19-avgust, dushanba kuni boshlanadi. Maxsus ma’ruzachi Toshkent, Samarqand, Buxoro va Jizzaxga borish niyatida. Safar yakunida, 30-avgust kuni uning matbuot anjumani o‘tkaziladi. 2025-yil mart oyida BMTga O‘zbekistondagi vaziyat bo‘yicha hisobot taqdim etilishi kutilmoqda.
BMTning maxsus ma’ruzachisi uy-joy huquqining O‘zbekiston qonunchiligiga tatbiq etilishini o‘rganish, shuningdek, huquqiy postulatlar amalda qanday amalga oshirilayotganini tekshirish niyatida. Mahalliy ko‘chmas mulk bozori hajmi, xaridorlarga taklif etilayotgan sharoit va narxlar ko‘rib chiqiladi.
Rajagopal oiladagi zo‘ravonlik qurbonlari boshpanalariga, talabalar yotoqxonalariga va boshpanasizlar yashash joylariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Kursiv» BMT ma’lumotlariga koʻra, 2100-yilga borib Oʻzbekiston aholisi ikki baravar koʻpayishini yozgan edi.